06:33 / 25.09.2019
4 747

Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)

Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)
Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi bog‘da adib G‘afur G‘ulomning «Shum bola» asari bosh qahramoni — Qoravoy sharafiga haykal o‘rnatildi. Bu haqda «Toshkent» telekanali xabar bermoqda.

Haykaldagi Shum bola qiyofasi rejissor Damir Salimovning «Shum bola» filmida aktyor Abduraim Abduvahobov gavdalantirgan obrazdan olingan. Haykal muallifi haqida ma’lumot berilmagan.

«Bu manzarada Shum bola qadim o‘tmishdan go‘yo Toshkentning buguni va kelajagiga nazar solib turgandek taassurot qoldiradi», — deyiladi «Toshkent» telekanali xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashkent City’da Shum bolaga haykal o‘rnatildi (video)