
4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali fuqarolarning qabuli o‘tkazildi.
Qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 20 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaati tinglandi.
Murojaatlarning 13 tasi sud masalalari, 4 tasi prokuratura ish yurituviga, 2 tasi ichki ishlar hamda 1 tasi pensiya ta’minoti masalasiga oid murojaatlarni tashkil etdi.
Bosh prokuratura tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish Bosh prokuraturada Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar