15:13 / 08.10.2019
2 431

Buxoroda “konvert” usulida haq olib kelgan 41 000 ga yaqin ishchilarning faoliyati legallashtirildi

Buxoroda “konvert” usulida haq olib kelgan 41 000 ga yaqin ishchilarning faoliyati legallashtirildi
Buxoroda viloyat davlat soliq idoralari hamda bandlik va mexnat munosabatlari boshqarmalari xodimlari bilan birgalikda norasmiy faoliyat yuritayotgan ishchilarni legallashtirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Ta’kidlash lozimki, hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda uchrab turgan soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini oldish, soliqdan qochish holatlariga barham berish va konvert usulida ish haqi olayotgan fuqarolarning haq-huquqlari tiklashga qaratilgan.

Legalizatsiya ishlari kameral nazorat hamda xronometraj usullarida olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin bugungi kunga qadar viloyatdagi 12 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 40 628 ta xodimlarni legallashtirishga erishildi.

Sohalar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, yil boshidan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 10 501 ta, ishlab chiqarish korxonalarida 10 473 ta, qurilish korxonalarida 7 894 ta hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarida 11 755 tani tashkil etadi.
Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yil yakuniga qadar ushbu raqamni 55 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda “konvert” usulida haq olib kelgan 41 000 ga yaqin ishchilarning faoliyati legallashtirildi