Milliy xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Nodir To‘raqulov va uning jinoiy sheriklari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi bilan uzoq yilga jinoiy javobgarlikka tortilganidan xabaringiz bor. Jinoyat ishi doirasida sudlanuvchilarning jinoiy yo‘llar bilan orttirilgan qator mulklari davlat egaligiga o‘tkazilgan edi.
Hukm ijrosi doirasida «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MChJga qarashli Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» MIBning shu tuman bo‘limi tomonidan elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.
Avvaliga ushbu bino va inshootlar 14 mlrd. so‘mdan ortiq narxga baholangandi. Biroq buncha pulga sotib oladigan xaridor topilmagach, tartibga ko‘ra, uning narxi arzonlashtirildi.
Shu yilning 3 oktyabr kuni o‘tkazilgan savdoda esa yaqin-yaqingacha N. To‘raqulovning qudasi Erkin Norqobilovga tegishli bo‘lgan ushbu «zapravka» 7 mlrd. 41 million so‘mga sotildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi