Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun arilar malikasi jamoasini buyuk kelajak sari yetaklamaydi? Bo‘rilar sardori o‘z to‘dasini ov samaradorligini oshirish islohotlariga chorlamaydi? Turnaboshi sheriklarini faqat bir manzilga chalg‘imay uchiradi?
Sababi oddiy. To‘daboshi ozuqalanish, urchish, himoyalanish me’yorlarini jamoasi qabul qilgan darajada ushlab tursa bas. Me’yorlardan chiqaruvchi o‘zgarishlar na qavmiga, na rahbariga kerak. Menimcha, odamlarda ham shu holat.
Demak, hamma gap qabul qilingan turmush tarzida ekan. Agar maktablar nurab ketganligi, boshliqlar tahqirlashi, ijtimoiy faol shaxsning jinnixonaga tiqilishi, yosh olim g‘oyasi uchun qamoqda qolishi, beayblar umrbod adolatdan mahrum bo‘lishi jamiyat uchun norma bo‘lsa, nima uchun «kattalar» o‘rnatilgan tartibini o‘zgartirishlari kerak? Rahbariyat yeyish, ichish, ko‘payishning minimum darajada sharoitini ushlab turibdimi, bo‘ldi-da.
Gapimiz isbotiga bir xayoliy tajriba o‘tkazib ko‘ramiz: viloyat hokimini finlar ustiga mer qilib tayinlaymiz; maktabimiz direktorini turkiyalik o‘qituvchilarga boshliq qilamiz; ingliz gazeta tahririyatiga o‘zbek televideniyesidan rahbar yuboramiz; malayziyalik politsiyachilar boshiga falonchi rayonimizning IIB mayori qo‘mondon bo‘ladi…
Tassavur qilib ko‘ring-a, ularning iqtidori necha kun, kechirasiz, necha soat davom etarkin? Yo o‘zga talablarga moslashadilar, yo joyni bo‘shatadilar. Ammo o‘zimizda esa «xo‘jayinlar» yillab hech narsani o‘zgartirmaydilar. Chunki hech kim o‘zgarishlarni chin dildan kutmaydi.Chunki bu – bizning norma.
Xorijda "stajirovka" o‘tib kelgan 1001 amaldor qanchalik amaliy bilim orttirib kelmasin, ularni jonajon “normal”ligimiz quchoq ochib kutib oladi. Ko‘chadagi xalq, idoradagi hamkasb, boshliq, qo‘l ostidagilar... hech qachon radikal islohotlarni, ular qanchalik ijobiy bo‘lmasin, talab qilmaydilar, g‘oya-takliflar esa sukutli inkorga duchor bo‘ladi.
"Xo‘sh nima demoqchisan? Odam bo‘lmaymizmi?" deb so‘rasangiz, mening javobim: odamlar jamiyatida bir unsur mavjud, bu – ziyolilar qatlami. Aynan o‘sha ziyolilar omma va uning yetakchilari ongida keskin burilish yasay oladilar, yangi gorizontlar, buyuk imkoniyatlarni ko‘rsatib bera oladilar. Faol ziyoli shaxs hayotdan kuz yumsa ham uning nuri oliy marralar sari taralib turar ekan.
Jamiyat muammolaridan befarq bo‘lmagan, fikrlovchi do‘stlarimizni aynan shunday ziyoli mayoq bo‘lishlarini xohlar edim. Ko‘proq o‘qiylik, o‘ylaylik, yozaylik, gapiraylik, fikr talashib, bahslashaylik, salbiy holatlarni normamiz emasligini ta’kidlaylik va yangi avlodga yuqori andozalarni taqdim qilaylik. Bo‘lmasam, hayvonlardan farqimiz qolmaydi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi