Toshkent viloyati Zangiota tumanida er o‘z uyida turmush o‘rtog‘ini zanjirband qilib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan "Toshkent" telekanali bilan hamkorlikda to‘liq tafsilotlarni ma’lum qildi.
Зангиотадаги ўз уйида занжирбанд қилиб қўйилган аёл ҳақида қўшимча тафсилотлар берилдиЗангиотадаги ўз уйида занжирбанд қилиб қўйилган аёл ҳақида қўшимча тафсилотлар берилди ???? https://kun.uz/48988245
Опубликовано Kun.uz Среда, 9 октября 2019 г.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Murojaat mazmuniga ko‘ra, A.T. 2019 yilning 23-26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.
Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish maqsadida, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizaning 2019 yil 30 sentyabr kunidagi ma’lumotnomasida, D.T.ning jarohatlari, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”