
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Kun.uz nashriga bergan intervyusida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida fikr bildirar ekan, mazkur tashkilotda iqtisodiy masalalar birlamchi bo‘lishi kerakligini aytdi.
“Tashkilot o‘zining bosh tashabbuskori – Rossiya Federatsiyasi va uning atrofidagi mamlakatlarning (sobiq ittifoq mamlakatlari) iqtisodiy mafaatlarini muvozanatlashtirish maqsadida tashkil qilingan. Lekin negadir iqtisodiy tahlilchilar va siyosatchilar mazkur ittifoqni iqtisodiydan ko‘ra, ko‘proq uzoq muddatli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ittifoqqa o‘xshatishadi”, – dedi A. Qodirov.
Uning fikricha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – nomi bilan iqtisodiy bo‘lgan, ammo ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ham ko‘zda tutgan tashkilot.
“Buni bugun hech kimdan yashirib bo‘lmaydi. Bunday holatlarni tarixda o‘zbek xalqi ko‘p bora boshidan o‘tkazgan va yetarlicha xulosalar qilib olgan, deb o‘ylayman”, – dedi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar