Ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 16 oktyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi va Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi xalq ta’limi xodimlarining kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga start berildi.
Ushbu test sinovlarini tashkil etishdan maqsad o‘qituvchi va maktab direktorlarining kompyuter savodxonligini aniqlash va AKT bilim darajasini oshirishdan iborat. Test sinovlari Sirdaryo viloyatining beshta tumanida, xususan, Guliston shahrida, Boyovut, Yangiyer, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Test o‘qituvchilarga alohida maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari uchun alohida murakkablikda tuzilgan bo‘lib, 30 ta testni belgilash talab etiladi. 22 oktyabrgacha davom etadigan sinovlarda xalq ta’limi tizimidagi 12 mingga yaqin o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi