Ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 16 oktyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi va Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi xalq ta’limi xodimlarining kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlariga start berildi.
Ushbu test sinovlarini tashkil etishdan maqsad o‘qituvchi va maktab direktorlarining kompyuter savodxonligini aniqlash va AKT bilim darajasini oshirishdan iborat. Test sinovlari Sirdaryo viloyatining beshta tumanida, xususan, Guliston shahrida, Boyovut, Yangiyer, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Test o‘qituvchilarga alohida maktab direktor va ularning o‘rinbosarlari uchun alohida murakkablikda tuzilgan bo‘lib, 30 ta testni belgilash talab etiladi. 22 oktyabrgacha davom etadigan sinovlarda xalq ta’limi tizimidagi 12 mingga yaqin o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida