06:33 / 18.10.2019
2 695

Endi pasportni istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkin

Endi pasportni istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkin
17 oktyabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida ayni vaqtda fuqarolarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar muhokama etildi. Jumladan, tadbirda fuqarolik pasportini olishda joriy etilishi kutilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

«Fuqarolik pasportini propiskadan qat’i nazar istalgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlaridan olish masalasini ko‘rib chiqish bugungi rejamizda bor.

Prezidentning 2018 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4079-sonli qaroriga ko‘ra, fuqarolar doimiy yashab turgan hududdagi migratsiya bo‘limlaridan pasport olishlari belgilab berilgan. Tez orada pasportni nafaqat doimiy propiska qilingan hududidan, balki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan hududidan ham olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Bugungi kunda nafaqat fuqarolik pasporti, balki xorijga chiqish biometrik pasportini ham rasmiylashtirish bo‘yicha shu taklif bo‘yicha normativ hujjatlarga o‘zgartish kiritish vazifasi oldimizda turibdi», dedi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi pasportni istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkin