2 988
Brakonerlardan olib qo‘yilgan qiymati 50 mln so‘mlik baliqlar qariyalar uyiga topshirildi
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbiri davomida Yangiariq tumani Chiqirchi qishlog‘ida yashovchi fuqarolar N.Qazaqov va E.Yo‘ldoshev tomonidan to‘rlar yordamida mazkur qishloq hududidagi Bo‘riyotoq tabiiy ko‘l suv havzasidan noqonuniy ravishda jami 244 dona turli baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlangan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha oltita to‘r ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 50,175 million so‘mni tashkil qilgan.
Ushlangan baliqlar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilib, iste’molga yaroqli deb topilgandan keyin Urganch tumanida joylashgan «Xospis-muruvvat» qariyalar uyiga topshirilgan.
Hozirgi kunda mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”