3 080
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri bir necha oyga yopilmoqda
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
1 noyabrdan boshlab “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida piyoda jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati 2020 yil 1 yarmiga qadar to‘xtatiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan qo‘mita tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi