16:20 / 18.10.2019
3 550

Sariosiyolik ota xorijga ketish uchun 70 mln. so‘m to‘ladi

Sariosiyolik ota xorijga ketish uchun 70 mln. so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan A.Tavobovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga nisbatan aliment qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lab borishligi aks holda huquqiy choralar qo‘llanilishi haqida tushuntirishlar olib borildi.

A.Tavobov bu tushuntirish ishlaridan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini, ya’ni 70 million 563 ming 600 so‘mni to‘liq to‘lab berdi.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosining Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan A.Tavobovning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sariosiyolik ota xorijga ketish uchun 70 mln. so‘m to‘ladi