15:55 / 23.10.2019
2 604

Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi

Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi
O‘zbekistonda reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan qanday miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilab qo‘yiladi. Tegishli qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritiladi. Xususan, 29-modda (Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik) beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:

noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;

reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;

reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaydi”;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining qarori bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganda, jarima mablag‘lari sud tartibida undiriladi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi