00:05 / 25.10.2019
5 863

Gulnora Karimova va qizi Buyuk Britaniyadagi shubhali pul yuvish ishlarida qatnashganmi?

Gulnora Karimova va qizi Buyuk Britaniyadagi shubhali pul yuvish ishlarida qatnashganmi?
Transparency International tashkilotining Buyuk Britaniya bo‘limi Britaniya shirkatlari - banklari, yuridik firmalari, buxgalteriya kompaniyalarining so‘nggi 30 yil ichida dunyoning 116 mamlakatidagi 400 dan ziyod pul yuvish hamda korrupsiya bilan bog‘liq amaliyotlar yuzasidan keng miqyosli tahlil o‘tkazdi.

Natijalarga ko‘ra, jami 300 milliard funt-sterlinglik shubhali pul yuvilish holatlari kuzatilgan. Natijalar tashkilotning "Sizning xizmatingizda" hisobotida e’lon qilingan.

Tashkilot hisoblagan jami shubhali pullardan 170 million funti yettita xususiy samolyot sotib olishga, 7 millioni uchta yaxtani sotib olishga, 5 milliardi 421 ko‘chmas mulkini sotib olishga sarflangan. To‘plangan ma’lumotlarga izoh berar ekan, hisobot mualliflari Britaniyaning monitoring tizimini qayta tashkil etish zarurligini ta’kidlamoqda.

Hisobotda The Guardian ma’lumotlari asosida yozilishicha, 780 million funt sterlingli shubhali pul yuvish operatsiyalarida qatnashgan, noqonuniy pul o‘zlashtirganlikda ayblanib, hozirda koloniyada jazo o‘tayotgan Gulnora Karimovaning qizi har semestrga 14 400 funt sterling to‘lanadigan Brayton kollejida o‘qigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimova va qizi Buyuk Britaniyadagi shubhali pul yuvish ishlarida qatnashganmi?