Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
2019 yil 24 oktyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikda yangiliklar» brifingi va matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, siyosiy partiyalar vakillari, OAV vakillari qatnashdi. Anjuman yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarining huquqiy asoslari va tashkiliy masalalarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlandi.
Bu yilgi saylovlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib, ayniqsa, saylov kuzatuvchilari masalasiga alohida urg‘u berildi. Tashkilotchilarning ta’kidlashlaricha, joriy yildagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etuvchi 180,000 ta kadrlarni maxsus o‘qitilmoqda. Shuningdek yana bir yangilik bu yilgi saylovlarda kuzatuvchilar soni 6 taga yetadi. Beshta kuzatuvchi siyosiy partiya vakillari bo‘lsa, bitta saylovchi fuqorolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tayinlanadi.
Joriy yildagi saylovlarda elektron ro‘yxatni 1-noyabrgacha shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.
Bu safar ham saylov jarayonini kuzatish maqsadida chet davlatlardan mutaxassislar taklif qilinayotgani aytib o‘tildi.
Saylov jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarning oldini olish, saylovchilarga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish, imkoniyati cheklangan shaxslarni ham saylov jarayonlariga faol tarzda jalb etish, shaffoflikni ta’minlash ustuvor masalalar ekanligi alohida ta’kidlandi.
Saylovlar haqida gapirilar ekan Markaziy saylov komissiyasi o‘quv markazi direktori Shuhrat Fayziyev shunday dedi: «Biz saylov jarayonlariga qattiq tayyorlanmoqdamiz. Saylovlar yaxshi o‘tishiga jon-jahdimizni beramiz, chunki butun dunyoga sharmanda bo‘lmoqchi emasmiz».
Chet mamlakatlarda 53 ta saylov uchaskalari tashkil qilingani haqida ham ma’lumot berilib, konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarimiz ham saylovlarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi.
Anjuman jurnalist va mutaxassislarning savol-javoblari bilan yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi