12:12 / 25.10.2019
2 966

Kelgusi yildan oilaviy tadbirkorlikka faqat vakolatli banklar kredit ajratadi

Kelgusi yildan oilaviy tadbirkorlikka faqat vakolatli banklar kredit ajratadi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
  • kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, «Mikrokreditbank» ATB va «Agrobank» ATB (vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
  • kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;
  • mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun tegishli jamg‘armalar tomonidan ajratiladigan resurslarning 2020-2022 yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, barcha hududlarda «bank xizmatlari ofislari»ning keng tarmog‘i yaratiladi, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali yangi bank xizmatlari hamda «modulli» kreditlash asosida yangi kredit turlari joriy qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Kelgusi yildan oilaviy tadbirkorlikka faqat vakolatli banklar kredit ajratadi