Erkaboy Tojiyev / Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati rahbariyatining «to‘rtligi» ishdan olinishi ma’lum qilingandi. Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qashqadaryo viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.
Kun.uz Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov bilan bog‘lanib, ushbu tayinlovga oydinlik kiritishni so‘radi. U bu ma’lumotni hozircha rasman tasdiqlamadi va, o‘z navbatida, inkor ham etmadi.
Ma’lumot o‘rnida: adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017 yilning 14 noyabrida bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan, 2018 yil 21 fevralida birinchi o‘rinbosarlikka ko‘tarilgan edi. U O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"