4 413
Dunyo bo‘yicha eng ko‘p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq bu Facebookmi yoki Instagram?
2019 yilda 2,77 milliard kishi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganligi aniqlandi. Smartfonlar va internetga ulanish arzonlashganligi hamda ularga kirish bir qancha qulayliklar yaratgani uchun biz ushbu raqamlarning yanada o‘sishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 2021 yilga kelib, 3 milliarddan ortiq odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taxmin qilinmoqda.
Facebook hozirda dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoqdir. 2018 yilga kelib 2,32 milliard faol Facebook foydalanuvchilari yuzaga keldi. Qolaversa, bu brendlarga o‘zining katta mahsulotini ommaga sotishi uchun eng ajoyib va qulay platformadir.
Foydalanuvchilar o‘zlarining Facebookdagi do‘stlari bilan ma’lumot almashishlari, rasmlar va videolarni bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular taniqli shaxslarning sahifalarini kuzatib, ularning postlariga o‘z munosabatlarini erkin bildira oladilar. Bundan tashqari, Facebookda pulli reklama yordamida brendlar o‘z mahsulotlarini ilgari surishlari mumkin.
Instagram ham eng tez rivojlanayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Bu odatda dasturga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilar veb-sayt versiyasi orqali o‘zlarining tasmalariga kirish imkoniyatiga ega. 2018 yil iyun oyida Instagram o‘zining 1 milliard faol foydalanuvchilariga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Instagram tomoshabop platforma bo‘lib, unda foydalanuvchilar video va rasmlarni, shuningdek, hikoyalar va jonli translyatsiyalarni bir-birlari bilan baham ko‘ra oladilar. Bu yosh avlod orasida o‘zining katta nufuziga ega bo‘ldi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, foydalanuvchilarning 32 foizi 18 yoshdan 24 yoshgacha va 33 foizi 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan shaxslardan iborat.
Ko‘rinib turibdiki, dunyo bo‘yicha eng ko‘p foydalanuvchilariga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoq bu - Facebook ekan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi