Foto: O‘zA
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2020 yilda ilk bor Hindistonda o‘tkaziladi.
Bu haqda 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 18-majlisda qaror qabul qilingan. Majlisda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston bosh vazirlari, Hindiston mudofaa vaziri va Pokiston Tashqi ishlar vazirligining ShHT bo‘yicha milliy koordinatori, ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirok etdi.
Majlisda ShHT bilan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.
Muhokamalar chog‘ida Orol mintaqasidagi ekologik vaziyatni inobatga olgan holda, “Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi”ni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi ilgari surildi.
Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi ijrosini ko‘rib chiqdilar va yangi dasturni ma’qulladilar.
Shuningdek, tashkilotning 2020 yil uchun mo‘ljallangan byudjeti ham tasdiqlandi.
Tadbirda jami 14 hujjat imzolandi. ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma kommyunike imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas