11:14 / 04.11.2019
5 986

"Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovidan reportaj

"Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovidan reportaj
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3666-son-qaroriga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, vazirlik O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarni birlashtirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2018 yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur loyiha doirasida navbatdagi muhim tadbir amalga oshirildi. Vazirlik tomonidan joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovi tashkil qilindi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha birinchi tashabbusini amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Ushbu tanlovda hududlarda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarning rassomlik mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.
Boshqa tanlovlardan ushbu tanlovning ajralib turishining eng katta farqi shundaki, tanlovda hech kim ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallamadi. Aksincha, tanlovda ishtirok etgan bolalar ularning imkoniyatlari cheklanganligiga qaramasdan hayotga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligi va bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lganliklari sababli ularning barchasi 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovidan reportaj