
Zargarlik buyumlarini mamlakatimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro B.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Uning kirdikorini zamonaviy qurilmalar qisqa fursatda fosh etdi. Gap shundaki, ushbu shaxs oyoq kiyimining tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zargarlik BuyumlariBojxona NazoratiSamarqand ViloyatiYashirin Yo‘llarKurash Olib BorilmoqdaTizimli Ravishda O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar