date
views 3 940

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda (video)

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt va boshqa viloyatlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ayotganiga oid lavhalar tarqalmoqda.

Ayni vaqtda dovon qor bilan qoplangan, quyuq tuman ham tushgan. Ammo avtomobillar harakatlanishda davom etmoqda. Lavha muallifi yuqoridan turib tasvirga olarkan haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chorlaydi.
Қамчиқ довонида қор ёғмоқда

Қамчиқ довонида қор ёғмоқда ???? https://kun.uz/50964628

Опубликовано Kun.uz Понедельник, 4 ноября 2019 г.

Vaziyatga izoh olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qildik. Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, Qamchiq dovonidagi yo‘llar ochiq, barcha xizmatlar shtat rejimida ishlashmoqda. Lekin qor kuchayib, toyg‘anoq bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda ehtiyotkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida qor yog‘moqda (video)