Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB YHXB YHX xodimlari «Toshkent savdo markazi», «Bekto‘pi» va «Chilonzor» buyum bozorlari yoniga noto‘g‘ri qo‘yib ketilgan avtomobillarni evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshkent shahar aholisi va mehmonlaridan bozorlar oldidagi avtoturargohlarga va yo‘l bo‘yiga mashinalar noto‘g‘i qo‘yib ketilayotgani to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillar boshqa transport vositalarining harakatiga xalaqit beradi, tirbandliklar keltirib chiqaradi va buning oqibatida YTHlar sodir bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Shu sabab YPX xodimlari o‘rnatilgan tartibga zid ravishda tashlab ketilgan avtomobillarni evakuator orqali jarima maydonchasiga eltishni boshladi.
7 noyabr kuni «Chilonzor» buyum bozori («Ippodrom»), «Toshkent savdo markazi» («Abu Saxiy») hamda «Bekto‘pi» bozori hududidagi 13 ta avtomobil evakuator orqali jarima maydonchasiga olib borilgan. Ushbu avtomobil egalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik fakti bo‘yicha dalolatnomalar tuzilgan.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi «Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani va unga ko‘ra endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi