Foto: Tergov departamenti
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, «Surum» MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyda chaqnash sodir bo‘lgan.
Buning oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
FVV xabariga ko‘ra, mazkur vaziyat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o‘rganildi va taxminiy xulosa taqdim etildi. Unga ko‘ra, gaz quvurining nosozligi tufayli tabiiy gaz yer osti orqali sizib chiqib, xonadonga tortilgan kanalizatsiya tizimi orqali xonalar ichiga to‘plangan.
Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin