Bugungi kunda to‘y sanoati dunyo bo‘ylab ancha rivojlanmoqda. Tabiiyki, bunday visol oqshomlari nikoh uzugisiz o‘tmaydi. Ular ham to‘y oqshomining asosiy bezagi hisoblanadi. Dunyodagi eng qimmatbaho unashtiruv uzuklari qancha turishini va ular kimga tegishli ekanligini bilasizmi? Ayni shu maqolamiz orqali sizga havola qilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarimiz bir-biridan ajoyib unashtiruv uzuklari haqidadir. Quyida qimmatbaho uzuk sohibalari va bu ajoyib uzuklarning qiymati haqida ma’lumot beriladi:
1. Mariah Kerey uzugi - bu uzuk o‘z sohibasiga sobiq yigiti avstraliyalik biznesmen Jeyms Paker nomidan sovg‘a qilingan bo‘lib uning bugungi kundagi qiymati 10 million dollarga teng. Zumrad ko‘zli uzukning ko‘zi 35 karatli olmosdan yasalgan bo‘lib, tanasi esa platinadan ishlangan.
2. Bvlgarining ko‘k olmos ko‘zli uzugi - Bvlgari tomonidan yaratilgan ko‘k olmos ko‘zli uzuk 9,5 million dollarga baholangan. Uzuk ko‘zidagi ko‘k olmos 5,4 karat bo‘lib, bu nodir namuna o‘z davrida juda ham qimmatbaho deb baholangan. Uzuk yaratilgan davrda u Graflik olmoslari qatoridan joy olgan.
3. Elizabet Teylor uzugi - navbatdagi o‘rinni band etgan uzugimiz esa 8,8 million dollarga teng bo‘lib, u hamon eng noyob sevgi timsollaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu qimmatbaho zargarlik namunasi Richard Burton tomonidan platina va 33 karatli Asscher olmosidan foydalanib yasalgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?