Foto: Markaziy saylov komissiyasi
Bugun, 15 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni rasman ro‘yxatga oldi.
Markaziy saylov komissiyasi tekshirish yakunlariga ko‘ra, saylovda ishtirok etuvchi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Taqdim etilgan infografikaga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 750 nomzodning barchasi oliy ma’lumotli.
Shulardan 310 nafari yoki 41,3 foizi xotin-qizlardan iborat. Bu 2014 yilning dekabrida o‘tgan saylovlardagidan qariyb 10 foiz (31,8) ko‘pdir.
Nomzodlar orasida huquqshunoslar 6,9, iqtisodchilar 19,1, shifokorlar 12,4 fozini tashkil qiladi. Deputatlik mandati uchun 22 fan doktori va 52 fan nomzodi kurash olib boradi.
Nomzodlar orasida yosh avlod vakillari sezilarli darajada ko‘paygan, ya’ni 25-40 yoshlar orasidagilar 32,2 foizni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”