
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.U.G.» MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F.lar oldindan til biriktirib, respublikamizda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, tekshiruvda Sh.O. va I.F.lar faoliyati davomida, Sh.O.ning turmush o‘rtog‘ining nomiga «Lasetti», «Cobalt», «Nexia-3», «Spark» va «Damas» rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan, «A.U.G.» MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F.larga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar