7 864
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i va undan foydalanish tartiblari haqida nimalarni bilamiz?
1. Davlat bayrog‘ining davlat ramzi sifatidagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
2. Davlat bayrog‘i qayerlarda doimiy ravishda ko‘tarilgan bo‘lishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining binolarida ko‘tariladi.
3. Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish tartibi qanday?
Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda,
o‘quv-tarbiya jarayonida (mavzuni tushuntirish, bolalarga kerakli tushunchalarni hosil va shu kabilar), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
4. Davlat bayrog‘i elementlari va belgilaridan qay hollarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi?
Davlat bayrog‘i elementlari va belgilarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritish;
ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.
5. Davlat bayrog‘ini o‘rnatish qay tartibda amalga oshiriladi?
Davlat bayrog‘i:
- binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda;
- tegishli tutqichi bo‘lgan dastada;
- flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda o‘rnatiladi.
O‘rnatilgan Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
6. Davlat bayrog‘ini hurmat qilishda fuqarolarning majburiyati nimadan iborat?
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Sevara O‘rinboyeva
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Wi-Fi router yonida saqlash mumkin bo‘lmagan 10 ta predmet
Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
2034 yilgi Jahon chempionatiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi