Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida poytaxtdagi Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi.
Toshkent IIBBning ma’lum qilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni soat 10:40da Osiyo va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan Spark rusumli avtomobil svetoforning taqiqlovchi ishorasiga to‘xtagan uch nafar mashinalarga to‘qnashgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Avtomobillardan biri, o‘z navbatida, oldida turgan Matiz’ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytishicha, avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqqan. Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Hurmatli haydovchilar! Transport vositangizning texnik holatiga e’tiborliroq bo‘ling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borishi bilan tormoz masofasi uzayib borishini unutmang. Yo‘llarda o‘zingizni ehtiyot qiling!” - deyiladi IIBB ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi