
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida poytaxtdagi Gidrometmarkaz yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi.
Toshkent IIBBning ma’lum qilishicha, 2019 yil 18 noyabr kuni soat 10:40da Osiyo va Chingiz Aytmatov ko‘chalari kesishmasida 29 yoshli D.K. boshqargan Spark rusumli avtomobil svetoforning taqiqlovchi ishorasiga to‘xtagan uch nafar mashinalarga to‘qnashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Avtomobillardan biri, o‘z navbatida, oldida turgan Matiz’ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytishicha, avtomobilining tormoz tizimi ishdan chiqqan. Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Hurmatli haydovchilar! Transport vositangizning texnik holatiga e’tiborliroq bo‘ling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borishi bilan tormoz masofasi uzayib borishini unutmang. Yo‘llarda o‘zingizni ehtiyot qiling!” - deyiladi IIBB ma’lumotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar