O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi

O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi
Foto: Kino-teatr.ru
«Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa o‘zi tug‘ilib o‘sgan Navoiy viloyatida dafn etiladi.

«Zamin.uz» tahririyati marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar