20:42 / 20.11.2019
10 275

Oppoq libosda jon bergan kelinchak...

Oppoq libosda jon bergan kelinchak...
Toʻy har bir inson hayotida sodir boʻladigan oʻzgacha bir hodisadir. Inson oʻzining nikoh kechasi unutilmas va bir umrlik boʻlishini xohlaydi. Shu sababdan ham bir qancha foto suratlar orqali shunday unutilmas lahzalarni tarixga muhrlaydi. Biroq aynan shunday baxtiyor kunida bu yorugʻ dunyoni tark etganlar ham topiladi oramizda. Eʼtiboringizga bunday gʻamli toʻy oqshomlari haqidagi maʼlumotlarni havola etamiz:

Nyu-York shahrida tugʻilgan 36 yoshli kelin Kim Syostrom Yunonistonlik merosxoʻr Teddi Efkarpides bilan oʻzining nikoh oqshomini Florida shtatida oʻtkazishni rejalashtirgan edi. Biroq ularning orzu qilgan toʻyi azaga aylanishini kim oʻylabdi deysiz. 43 yoshli kuyov Teddi Efkarpides boʻlajak rafiqasining qandli diabet kasalligiga chalinganiga gumoni bor edi, lekin vaziyat u oʻylaganidan ancha jiddiy boʻlib chiqdi.

Toʻy vaqtida kasallik xuruj qila boshlaganida kuyov bilan kelin vals tushishayotgan edi. Toʻsatdan kelin hushidan ketib yiqildi va unga armon boʻlib qolgan sevgilisining qoʻlida jon berdi. Voqea shu qadar tez amalga oshganki, shifokorlar yetib kelishga ham ulgura olishmagan. Kelinning oʻlim sababi sifatida toʻsatdan paydo boʻlgan yurak xuruji qilib koʻrsatilgan. Ushbu baxtsiz sevishganlarning gʻamgin visol oqshomi “My Big Greek Fat Wedding” filmiga asosiy mavzu qilib olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oppoq libosda jon bergan kelinchak...