Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilindi.

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosaridan tashqari, uzoq yillardan buyon IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni sifatida ishlab kelayotgan general-mayor Dmitriy Valeryevich Pan hamda yana bir necha amaldor ishdan olingan.

2019 yil yanvarida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik Baxtiyor Po‘latovich Pormonov ham lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. Hozircha bu iste’folarning aniq sababi keltirilmayapti.

Izohlar 0
…