date
views 3 941

Malibu kimning puliga olingani «hokimlik siri» – Bor gap shu...

Malibu kimning puliga olingani «hokimlik siri» – Bor gap shu...
So‘nggi paytlarda viloyat hokimlari tomonidan yig‘im-terimda faol qatnashgan paxtakorlarga mashina sovg‘a qilingani haqida ko‘plab xabarlar tarqatildi. Darakchi nashrining yozishicha, keng jamoatchilik ushbu sovg‘alar qaysi manba, qaysi mablag‘ evaziga berilayotgani bilan qiziqmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev klaster usulida paxta yetishtirgan tadbirkorning onasiga “Malibu” sovg‘a qilgan edi. Jurnalistning ushbu sovg‘a qaysi manbadan ekani borasidagi savoliga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari “Bu viloyat hokimligining ichki siri, men oshkor etolmayman”, deb javob bergan.

“OAVda tarqalayotgan axborotlarda klaster korxonalari va ularning saxovatpesha rahbarlari nomi yozilmay, aksincha, “hokimning sovg‘asi” sifatida talqin qilinib, hokimlar “saxiy qahramon” sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu esa keng jamoatchilikda turli shubha va savollarni tug‘diryapti”, deb yozadi nashr.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Malibu kimning puliga olingani «hokimlik siri» – Bor gap shu...