12:36 / 27.11.2019
3 475

Farg‘onada haydovchi “mastlik”ni rasmiylashtirmaslik uchun inspektorga 100 AQSh dollari berdi

Farg‘onada haydovchi “mastlik”ni rasmiylashtirmaslik uchun inspektorga 100 AQSh dollari berdi
Farg‘onada profilaktika inspektoriga 100 AQSh dollarini pora sifatida bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni Beshariq tumanida tungi xizmatni o‘tayotgan profilaktika inspektori shubhali tuyulgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi o‘zini Beshariq tumani Pastki Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, fuqaro K.N. deb tanishtiradi. Lekin ushbu fuqarodan spirtli ichimlik hidi kelayotganligi sababli, profilaktika inspektori mastlik holati mavjudligini tekshirib ko‘rish maqsadida Beshariq tuman markaziy shifoxonasiga olib borgan. Tibbiy xulosa fuqaroning spirtli ichimlikdan mast ekanligini tasdiqlagan. Profilaktika inspektori fuqaro K.N.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, avtomashinani tuman IIB jarima maydoniga olib borgan.

24 noyabr kuni fuqaro K.N. profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, to‘plangan hujjatlarni qonuniy hal qilmasligi va avtomashinasini IIB jarima maydonidan chiqarib yuborishi evaziga 100 (bir yuz) AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.

Profilaktika inspektorining bildirgisi asosida, shu kuni soat 15:00 larda fuqaro K.N. profilaktika inspektoriga 100 (bir yuz) AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada haydovchi “mastlik”ni rasmiylashtirmaslik uchun inspektorga 100 AQSh dollari berdi