Mirodil Abdurahmonov: “Butun O‘zbekiston tadbirkorlari partiyalarni tavqi la’nat qilsa arziydi”

Mirodil Abdurahmonov: “Butun O‘zbekiston tadbirkorlari partiyalarni tavqi la’nat qilsa arziydi”
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili Mirodil Abdurahmonov bugun O‘zbekiston tadbirkorlarini qiynayotgan muammolar hamon o‘z yechimini topmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘z A muxbiri xabar bermoqda.

Xalqaro press-klubning press-kofe muloqotida partiya vakili tadbirkorlar yer mulkiga egalik qilish huquqini himoya qila olmayotgani haqidagi fikrini o‘zining yaqin tanishlari misolida keltirib o‘tdi. U “O‘zbekiston tadbirkorlari partiyalarni har qancha tavqi la’nat qilsa arziydi”, deya keskin munosabat bildirdi.

Mirodil Abdurahmonov farmon va qarorlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgani, biroq ularning ijrosi ta’minlanmayotganini ochiq tan olishimiz lozimligini ham aytib o‘tdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar, savdo-sanoat palatasi, biznes ombudsman vakillari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mirodil Abdurahmonov ancha yillar O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining bosh nashri “XXI asr“ gazetasida uzoq yillar bosh muharrir lavozimida ham faoliyat yuritgan. Ayni paytda esa “Milliy tiklanish“ partiyasida faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar