“Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (967-son, 03.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan 10 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.
Bunda ushbu OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, taʼlim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olindi.
Shuningdek, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan OTMlarga bir qator qoʻshimcha vazifalar belgilandi.
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish shular jumlasidandir.
Qarorga koʻra, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan OTMda toʻlov-kontrakti asosida taʼlim olayotgan talabalarning kontrakt toʻlash muddatlari tomonlar kelishuviga koʻra shartnoma asosida belgilanadi.
Maʼlumot uchun: Prezidentning 2019-yil 11-iyuldagi qarori bilan 2020-yildan boshlab ayrim OTMlar bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi