Hukumat qarori bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi («YaMMT» IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.
«YaMMT» IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish «YaMMT» IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, «YaMMT» IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:
- mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib – xodim tomonidan;
- xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng – ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun: «YaMMT» IDAK prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?