So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimizga quyidagi mazmundagi SMS-xabarlar kelmoqda: «Assalomu alaykum. Men onamni janozalariga borayotganimda yo‘lda mashinam buzilib, Qamchiq dovonida qolib ketdim. Menga sizning yordamingiz kerak. Telefonimga ozroq pul tashlab yuboring».
Odatda 25 ming so‘m, ba’zida esa kattaroq mablag‘ so‘rashadi. Ya’ni, muammo pulda emas. Yordam qo‘lini cho‘zgan insonlar keyinchalik bilishlaricha, ulardan yordam so‘ragan odam umuman notanish kimsa bo‘lgan. Oddiyroq qilib izohlaganda, bu fuqarolarni aldash yo‘llaridan biridir, deb izohlamoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Achinarlisi shundaki, insonlarning muruvvatidan foydalangan kimsalar sababli, bir marta aldangan fuqarolar keyinchalik birovga yordam qo‘lini cho‘zishdan qo‘rqib qoladi.
«Hurmatli fuqarolar! Bu kabi holatlarda notanish kishiga yordam berish yoki bermaslikni o‘zingiz hal qilasiz. Ammo aldanib qolmaslik uchun baribir ehtiyotkor bo‘lishingiz zarur», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi