
Foto: Xalqaro press-klub
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda sud-huquq sohasidagi oʻzgarishlar muhokama qilinyapti.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov soʻzlariga koʻra, respublikada jinoyatlarning qayd etilishi uch yil davomida 2 barobarga kamaydi.
“Oʻzbekistonda jinoyatlarning qayd etilishi uch yil davomida 2 barobarga kamaydi”, - dedi u.
Gʻiyosovning aytishicha, “yoʻl va post patrul xizmatlari koʻchada yurganda fuqarolarimiz ularga havas qilishi, doʻstlashib ketishi kerak”.
Qayd etilishicha, dunyo tajribasida ham agar huquq tartibot organlari fuqaroning shaxsini aniqlay olmasa, oʻsha fuqaroni olib ketish tartibi bor.
Maʼlum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining OAV va televideniyeda koʻrinishi bir yil davomida 65 foizga oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar