Anastasiya Novikova / Foto: Andrey Lunin
Forbes.kz tahririyatining rahbari Anastasiya Novikova dunyoga mashhur nashrning O‘zbekistondagi versiyasining birinchi bosh muharriri bo‘ladi.
Avvalroq, qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia nashrlari egasi Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan nashrini ochayotgani ma’lum bo‘lgandi. Yangi jurnal tahririyati Toshkentda joylashadi. Mutolaachilarga nashrning ikki versiyasi – sayt va jurnal taqdim etiladi. Jurnal hozircha rus tilida chop etiladi, sayt esa o‘zbek va rus tillarida faoliyat yuritadi. 2020 yil martda jurnalning ilk sonini chop etish rejalashtirilgan.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, Anastasiya Novikova birdaniga ikkita tahririyatni - saytni va jurnalni boshqaradi.
- O‘quvchilarimizni sifatli mahsulot bilan ta’minlash biz uchun juda muhimdir. Biz doimo taqdim etilayotgan ma’lumot darajasiga ehtiyotkorlik bilan yondashamiz. Shuning uchun hozirda ham O‘zbekiston ichida, ham ushbu mamlakatdan tashqarida o‘quvchilar uchun qiziq bo‘ladigan mavzular ustida o‘ylayapmiz. Forbes kabi jurnalni nashr etish yuqori malaka va katta tajribani talab qiladi.
Shuning uchun men Forbes Uzbekistan’ning birinchi bosh muharriri Anastasiya Novikova bo‘lishini e’lon qilishdan mamnunman. Anastasiya - Forbes Kazakhstan jurnali elektron versiyasini yangi bosqichga olib chiqqan shaxs. Anastasiya birdaniga ikkita tahririyatni: jurnal va veb-saytni boshqaradi. Bu biz uchun yangi chaqiriq, - dedi Armanjan Baytasov.
Ma’lumot uchun: Anastasiya Novikova turli yillar davomida mamlakatning eng yirik televizion kanallari, radio, bosma va onlayn nashrlarda ishlagan. 2014 yilda Forbes Kazakhstan’ga bosh muharrir o‘rinbosari sifatida kelgan va 2016 yilda uning rahbariga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi