
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qoʻshni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro N.Sh. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda inspeksion koʻrik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, xorijiy davlatdan yurtimizdagi MCHJ nomiga keltirilgan tovarlarda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati 102,7 million soʻmlik avto ehtiyot qismlar borligi maʼlum boʻldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar