5 146
Toshkentlik qiz sevgan yigitini pichoqladi, yigit esa u bilan turmush qurish niyatida (video)
Toshkent shahrida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz o‘z sevgan yigitini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qoldi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi xabar berdi.
Qizning aytishicha, u yigiti bilan rashk sababli tez-tez janjallashib turgan, shunday janjallardan birida u yigitining telefonini olib qo‘ygan va uni uyiga olib ketgan.
Mazkur janjaldan keyin yigit mast holatda tungi soat 03:00 va 04:00 orasida qizning uyiga janjal qilib kelgan. Yigit unga qarshi chiqqan qizning otasini urgan, bundan jahli chiqqan qiz esa sevgilisini pichoqlagan.
Shu kunning o‘zida qiz mazkur harakati uchun qamoqqa olingan. Sud mazkur ishni ko‘rib chiqqan. Ish bo‘yicha qoralovchi qizga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘ragan.
Biroq mahalla fuqarolar yig‘inining kafolati, shuningdek, qizning qilgan ishidan pushaymon ekanligi va jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini hisobga olib, sud qizga to‘rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Rashk tufayli sevgilisining hayotiga xavf solgan qiz mahalla va sudning kelishuvi asosida qamoq jazosidan qutulib qoldi.
Jabrlanuvchi yigitning ma’lum qilishicha, u qiz bilan turmush qurish niyatidan qaytmagan, uning ota-onasi ham bunga rozi bo‘lgan. Yigit qiz bilan baxtli yashashiga umid bildirmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi