Foto: napolshu.com
2020 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari ekoturizmni rivojlantirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bilan ham shug‘ullanadi.
“Kelgusi yilda 22ta yo‘nalish bo‘yicha 11,957ta fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli tizimga o‘tkaziladi. Yil davomida 2,2 trln so‘m mablag‘ asosida 12,4787ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 41 mingdan ortiq kishining ish bilan bandligi ta’minlanadi”, − deydi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Teshayev Senatning 25-yalpi majlisida.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, 2020 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish dasturiga asosan, fermer xo‘jaliklari ekoturizmni rivojlantirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
“43ta fermer xo‘jaligi tomonidan 3500 o‘ringa ega bog‘cha tashkil etiladi”, − deya Shuhrat Teshayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
2020 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish dasturiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy holati bo‘yicha tijorat banklaridan tavsiyalar olindi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi har bir loyiha hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi, loyihalar uchun kredit ajratilishi kafolatlandi.
Mazkur dastur Senatning 25-yalpi majlisida ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi