10:46 / 16.12.2019
4 215

Maktablarda yangi fan joriy etiladi

Maktablarda yangi fan joriy etiladi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- “Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
- 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun, 2021-2022 o‘quv yili uchun 10-11-sinflariga mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantiradi;
- 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- 2020 yilning aprel-may oylarida “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning tajriba variantlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazadi;
- darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etish bo‘yicha deklaratsiya qilingan narxlar asosida matbaa korxonalari bilan shartnomalar tuzadi;
- chop etilgan “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar joylarga yetkazilishini ta’minlaydi;
- umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanidan dars beruvchi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarni xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida maqsadli malaka oshirish kurslariga jalb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda yangi fan joriy etiladi