Joriy yilning yanvar—sentyabr oylari davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 3 milliard 496 ming AQSh dollari yuborilgan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma’lum qildi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.
Rossiyadan MDH davlatlariga pul jo‘natishda O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (1 milliard 941 million dollar), Qirg‘iziston (1 milliard 460 million), Armaniston (821 million dollar), Ozarbayjon (654 million dollar) va Qozog‘iston (394 million dollar) qayd etilgan.
Rossiyadan bu vaqt mobaynida eng ko‘p mablag‘ Shveysariyaga jo‘natilgan — 3 mlrd 964 millon dollar. Umumiy ro‘yxatda O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning uch choragi davomida O‘zbekistondan Rossiyaga 244 million dollar jo‘natilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi