09:43 / 17.12.2019
5 693

O‘quvchi ustozini boshqa o‘qituvchi bilan «ushlab” olsa...

O‘quvchi ustozini boshqa o‘qituvchi bilan «ushlab” olsa...
Tibbiyotni xoin tabib buzadi. Zero u o‘qishga pul bilan kirgan. Pulini ko‘proq qilib topib olishi lozim. Shuning uchun u bu yo‘lda har ishga tayyor. Unga fidokorlikdan gapirib o‘tirmang, ensasi qotadi. Uning qo‘liga tushgan bemor o‘lmay qolmaydi.

Quruvchilikda xoin bo‘lgan muhandisning qurgan uylari uzoqqa bormaydi. Chunki u sementdan uradi, yog‘ochdan uradi, g‘ishtdan uradi. Natijada u qurgan uy haminqadar bo‘ladi. Uni olgan mijoz uyni yana qaytadan qurishga majbur. Buni tajribada ko‘rdik.

Din xoin olim bilan buziladi. U halqumi uchun har narsani sotishga tayyor. Maqsadi faqat dunyo. Aslida uning oxiratga iymoni yo‘q. Yaratganning oldida yolg‘iz o‘zi turib hisob berishiga ishonmaydi.Dinga o‘zi moslashishi o‘rniga dinni o‘ziga moslashtiradi. Hukmlarni o‘zgartiradi.O‘zi ham adashadi, boshqalarni ham adashtiradi.

Adolat xoin sudya (qozi) qo‘lida zoye bo‘ladi. Uning kasofatidan qancha-qancha aybsizlar aybdor, aybdorlar esa aybsiz bo‘ladi.
Bu jaholatning barchasi xoin ustoz, diyonatsiz muallim tufayli yuzaga keladi. O‘quvchi agar erkak o‘qituvchisini boshqa bir ayol o‘qituvchi bilan panada ushlab olsa, yoki o‘qituvchining aroq ichib darsga kelganini bilsa, o‘qituvchi o‘quvchilarga "Men o‘qitsam ham, o‘qitmasam ham maoshimni olaveraman, o‘qisang o‘zing uchun" deb tursa, u o‘quvchida ustoziga nisbatan hurmati qoladimi?

O‘qituvchiga fidokorlikni din-diyonat orqali singdirish lozim. Din va aqida boshqaradigan kishilar o‘zlarini Alloh nazorat qilib turganini doimiy his qilib turadilar. Qilgan yaxshi amallari va yomon amallarining natijasini olishlariga ishonadilar. Amallarini shu asosda quradilar.
Agar inson Allohga ishonmasa, e’tiqodsiz bo‘lsa, maqsadi faqat va faqat shu dunyo bo‘ladi. Buning oqibatida "nima qilsang qilib qol, yeb qol, ichib qol" qoidasiga amal qiladi. Chunki u mana shu yetmish-sakson yillik hayotni hamma narsa deb o‘ylaydi. Unga millat xizmati bir pul, fidokorlik bir pul. U faqat yeydi, ichadi, o‘g‘irlaydi, xiyonat qiladi va hokazo...

Demak, jamiyatning islohida dinning o‘rni birlamchidir.
Demak, diniy ta’limning inqirozi xalqning inqirozidir.
Abdulqodir Polvonov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘quvchi ustozini boshqa o‘qituvchi bilan «ushlab” olsa...