2 145
Komil Allamjonov: Mansabdorlarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi
O‘zbekiston prezidenti tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qaror imzoladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qaror imzoladilar.
Hujjatda Agentligimiz zimmasiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan. Xususan:
- tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlar va fuqarolarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi, sudlarning veb-saytlari va matbuot kotiblari ishini yaxshi tashkil qilish bo‘yicha Oliy sud Plenumining qarori qabul qilinadi;
- hamon og‘ir ahvolda qolayotgan bosma nashrlar borasida — davlat organlari muassis bo‘lgan bosma OAVlarini kuchaytirish, tahririyat xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash hamda bosma nashrlar veb-saytlarini rivojlantirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi;
- «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqiladi va «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi. Shu jumladan, tele- va radiostansiyalarga litsenziya berish jarayoni soddalashtiriladi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytiriladi;
- O‘zbekistondagi barcha davlat organlari faoliyatining ochiqligini, ularning OAV bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ishlab chiqamiz.
Ushbu qaror mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash yo‘lidagi, ularni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim va dadil qadam bo‘ladi. Bu asnoda Agentligimiz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi