
Yurtimizga tovar moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.R. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida qiymati qariyb besh million so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan, turli mikser, blender va komforka maishiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
F.Karimov
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Bojxona QonunchiligiTovar Moddiy BoyliklarAndijon ViloyatiDamas AvtomashinaTezkor TadbirMaishiy Texnika O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar